“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 27-turida “Real Sosedad” darvozasini ishg'ol qildi.
32 yoshli hujumchi o'yinning 81-daqiqasida penaltidan gol urib o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Ma'lumot uchun, Messi La Ligada penaltidan urgan gollari sonini 55taga etkazib oldi. U 11 marta 11 metrlik nuqtada adashgan.
Eslatib o'tamiz, penaltidan Messidan ko'ra ko'proq “Real” ikki sobiq futbolchisi gol urgan. Ular Ugo Sanches (56 gol, 15 noaniq) va Krishtianu Ronaldu (61 gol, 11 noaniq).