Krishtianu Ronaldu yozgi transfer paytida "Real"dagi bir necha nafar do'stlaridan ayrildi.
Portugaliyalik futbolchi ancha vaqtdan beri "Qirollik klubi" futbolchilari — Pepe, Fabiu Koentrau va Xemes Rodriges bilan do'stona munosabatlarga ega bo'ldi. Ronaldu mashg'ulot paytida va maydondan tashqaridagi ko'p vaqtini ushbu futbolchilar bilan birga o'tkazardi.
Ammo Koentrau, Pepe va Xames yozda "Real"ni tark etishdi. Endi Madridda Krishtianu Ronalduning faqat bir do'sti qoldi – Marselo.
Krishtianu Ronaldu do'stlarini yo'qotganiga qaramay, boshqa jamoadoshlari uni qo'llab-quvvatlashadi. Portugaliyalik futbolchi yozda "Real"ni tark etmoqchi emas va "Qirollik klubi"dagi faoliyatini davom ettiradi.