«Yuventus» klubi «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidanni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, turinliklar Zidan yillik maoshi 7 million funtga teng bo'lgan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Ma'lumotlarga qaraganda, "keksa sinora" prezidenti Andrea Anelli frantsiyalik mutaxassis bilan iliq munosabatlarga ega.
O'z navbatida Zidan ham Turinga ko'chib o'tishga qarshi emas, ammo u «Real» bilan shartnomani bekor qilishi uchun «Yuventus» tovon puli to'lishini istamaydi.
Shuningdek, Zidanning "Qirollik klubi"dagi taqdiri ushbu mavsumda qayd etadigan natijalarga bog'liq bo'lib turibdi.
Bundan tashqari, «Yuventus» Zidan bilan shartnoma imzolash orqali jahonning eng yaxshi futbolchilarini sotib olishni, Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqishni va yangi homiylarni jalb qilishni ko'zlamoqda.
Murabbiyning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.