“Valensiya”yarim himoyachisi Ferran Torres xizmatlariga top klublar qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, uni “Barselona” va “Real” o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Manbaning xabariga ko'ra, Torres uchun kurashga “Atletiko” va “Yuventus” klublari ham qo'shildi. Uning shartnomasidagi tovon puli 25 million evro etibb belgilangan. Uning “ko'rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.