“Valensiya” tarbiyalanuvchisi Ferran Torres xizmatlariga “Barselona” qiziqish bildirmoqda, deya yozmoqda Mundo Deportivo.
Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 20 yoshli yarim himoyachi uchun 35 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchini Madridning “Real” klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi. Uning shartnomasidagi tovon puli 100 mln evro etib belgilangan.