Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi kecha yakka tartibda shug'ullangan. Shu tariqa, Zinedin Zidan Iskoni “Betis”ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritishi mumkin.
Ma'lumot uchun, mashg'ulotni jarohati bois Eden Azar va Marko Asensio o'tkazib yubordi.