Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xoland o'g'lining kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"U "Borussiya"da o'z o'yinini namoyish qilayotganidan juda ham xursandman. U o'sishdan to'xtab qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Erlingning taqdirini yuzdan ortiq klub bilan bog'lashmoqda. Mening fikrimcha, unga Ispaniya chempionati mos keladi. U erda ajoyib jamoalar yig'ilgan.
Ammo qachondir u La ligaga o'tadimi yoki yo'qmi — noma'lum. Ko'ramiz. O'g'limga Martin Edegor bilan birga o'ynash yoqadi. Ular bir-birlarini yaxshi tushunishadi", - dedi Alf-Inge Xoland "AS" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, huquqiy jihatdan "Real"ga tegishli bo'lgan Edegor ayni paytda "Real Sosedad"da o'ynamoqda. Boz ustiga, Xolandning o'ziga ham "Real" tomonidan qiziqish mavjud.