Yarim himoyachi Vinisius Junior «Real» klubining fevral oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan oyda Ispaniya kubogi doirasida «Real Sosedad» va Evropa chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvlarda bittadan golli uzatmani amalga oshirdi.
Mart oyining ilk kuni esa u uchun yanada omadli keldi. "Barselona"ga qarshi o'yinda Vinisius muhim gol muallifiga aylandi. Muxlislar o'rtasidagi o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ushbu o'yin ham jiddiy ta'sir ko'rsatgan bo'lishi mumkin.