Eden Azar joriy mavsum nafaqat Belgiya terma jamoasi uchun balki “Real” uchun ham maydonga tushishga ulguradi. Bu haqda Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines ma'um qildi.
“Shubhasiz, u Belgiya terma jamoasi oldidan “Real” uchun o'ynaydi. Qachon safga qaytishi to'g'risida hozir bir nima deyish qiyin. Operatsiyadan so'ng qanday ishlar amalga oshirilishini tushunish kerak. Biz Azar joriy mavsum “Real” uchun yana o'ynashiga ishonamiz. Eden doim kutilganidan tez tiklanadi”, -deydi murabbiy.