Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz “Real” klubi futbolchisi Garet Beylning “qirollik klubi”dagi ahvoli haqida fikr bildirdi.
“Men u haqida faqat terma jamoada ko'rganimdagina fikr bildirishim mumkin. Buyuk inson va futbolchi. U Madrid uchun ko'p narsa berdi.
Albatta, hammaning diqqati unga qaratilgan. Men “Siti”ga qarshi uning o'yinni ko'rdim. Muxlislar Garetga hushtakbozlik qilishmadi, faqatgina salomlashishdi. Men uchun Beyl eng yaxshi bo'lib qolaveradi”, -deydi murabbiy.