Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rafael Benites: "Men Ronalduga jarima zarbalarini qanday tepish kerakligini aytmaganman"

Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Rafael Benites Krishtianu Ronalduni jarima to'plaridan foydalanishga o'rgatgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

.
- Yuklab olish

– Siz haqingizda ko'plab gap-so'zlar tarqalgan. Krishtianuga jarima zarbasidan foydalanishni o'rgatganingiz rostmi?

– Yo'q, bularning barchasi haqiqatdan uzoq. Men hech qachon bunday qilmaganman. Bir marta Avstraliyadagi yig'in davomida Ronaldu bilan bu masalani muhokama qilgandik. Men unga "Manchester Yunayted"da amalga oshirgan jarima to'plarini tahlil qilib chiqqanimizni aytgandim, xolos. Ammo men unga qanday tepishni aytmaganman, shuningdek, Luka Modrichga ham oyog'ining tashqi tomoni bilan o'ynamasligi to'g'risida ko'rsatma berganim yolg'on.

– Xorvatiyalik futbolchining harakatlari noto'g'ri demoqchimisiz?

– Yo'q. Men unga aytgandimki, oyoqning ichki tomoni bilan o'ynash imkoni bo'lsa, shunday qilgani maqul. CHunki jamoadoshlaringizga to'pni o'ziga bo'sundirish oson bo'ladi. Mening o'zim ham futbolchilik faoliyatim mobaynida oyog'imning tashqi qismi bilan pas uzatardim, faqat qisqa masofalarga, asosan, 10-15 metr. Modrichga hech narsani taqiqlamaganman. Ko'rdingizmi, yolg'on malumotning tarqalishi qanchalik oson", – dedi ayni paytda Xitoyning "Dalyan Ifan" klubini boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis.

BestMaster
3 Mart 2020, 22:30
rafael, benites, ronalduga, jarima, zarbalarini, qanday, tepish, kerakligini, aytmaganman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads