"Real" klubi Evropa ittifoqiga a'zo bo'lmagan futbolchilar uchun ajratilgan kvotalar sonini oshirishni istamoqda. Buning uchun "qirollik klubi" Vinisius Juniorning Ispaniya pasportiga ega bo'lishiga umid qilmoqda.
La Liga reglamentiga ko'ra, klublar Evropa ittifoqi fuqarosi bo'lmagan 3 nafar futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin. "Real"da ushbu kvotani hozirda Eder Militao, Rodrigo va Vinisius to'ldirishgan. "Madrid" esa jamoaning yangi futbolchisi Reyner (Braziliya)ga joy ajratishni ko'zlamoqda.
Ispaniya fuqaroligini olish uchun futbolchi ikki yil davomida ushbu mamlakatda yashagan bo'lishi kerak. Junior iyul oyida ushbu talabni bajaradi.
Avvalroq Kazemiro va Federiko Valverde qo'shfuqarolikni qo'lga kiritishgan edi.