Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong «Real» (0:2) jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'ylaymanki, so'nggi o'yinlarimizga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'sishga erishganimizni ko'rish mumkin.
«Barselona» to'g'ri yo'ldan ketmoqda, biz bundan ham ko'proq rivojlanishimiz kerak. Biz atigi bir ochko ortda boryapmiz, oldimizda ko'plab uchrashuvlar turibdi va biz oxirigacha kurash olib boramiz.
Bu juda qiyin tun bo'ldi, chunki, mag'lubiyat bo'lish doim og'ir, ayniqsa klasikoda. O'ylaymanki, biz bu uchrashuvda g'olib chiqishimiz ham mumkin edi. Ayniqsa birinchi bo'limda.
Biz ko'prog'iga loyiq edik, ayniqsa birinchi bo'limda. Ikkinchi bo'limda "Real" yaxshi o'yin namoyish etdi, chunki ular ikkinchi bo'limda juda yaxshi pressing uyushtirishdi va bizda odatiy o'yinimizni ko'rsatishimizga yo'l qo'yishmadi».