Sky Sports portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda faoliyatini ijara asosida "Real Sosedad" klubida davom ettirayotgan Martin Edegor yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
21 yoshli norvegiyalik futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi davogarlik qilmoqda va yarim himoyachi uchun 55 million evro to'lashga tayyor.
Avvalroq, bu futbolchiga «Manchester Siti» klubi ham davogarlik qilayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.