«Real» sardori Serxio Ramos «Barselona» himoyachisi Jerer Pikening tanqidiga javob qaytardi. Kataloniyaliklar futbolchisi birinchi bo'limda «Real» klubi u «Santyago Bernabeu»da ko'rgan eng yomon jamoa bo'lganini aytgan edi.
«Pike o'ylaganidek, biz birinchi bo'limda shunchalik yomon o'ynab, yakunda "klasiko"da har safar g'alaba qozonadigan bo'lsak, men jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorman», — dedi Ramos "Daily Mail"ga bergan intervyusida.