“Har kimning fikrini hurmat qilaman. Men hamma “Klasiko”larni yutish uchun shartnoma imzolaganman. Buning uchun Pike aytganidek, birinchi bo'limni shunday yomon o'tkazishga tayyorman. Bu bizning qaror edi — raqibga birinchi bo'limda to'pni topshirdik. Ikkinchi bo'limda esa pressing qilishga o'tdik. Ular charchab qoldi, bizda esa vaziyatlar paydo bo'ldi. Bu men ko'rgan eng kuchsiz “Barselona”mi? Ularning o'z uslubi bor — to'pga egalik qilsih. Jamoaning falsafasini hurmat qilaman, biroq bizning uslub boshqa. U zo'r ham, yomon ham emas. SHunchaki boshqacha”, — deydi Serxio Ramos.
Pike: “Biz o'yinni nazorat qildik, biroq...”