Konfederatsiya kubogi nihoyasiga etdi. Biz sizlarga Ronaldu bilan bog'liq Konfederatsiyalar kubogidagi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
Qozondagi odamlarni ilhomlantirdi
Qozon shahridagi odamlar Portugaliya terma jamoasi to'xtagan mehmonxona ro'parasidagi binoga Ronalduning rasmi tushirilgan katta plakat yopishtirgan. “Men bu portretni ko'rdim, u juda ham chiroyli va menga juda ham yoqdi”, – deya aytib o'tdi Andre Silva.
Qozonliklar rahmatnomasi
Quruq ikki gap, biroq shunisiga ham rahmat
Pasportga dastxat qo'ydi
Nikita Smirnov Perm shahridan Qozonga amaliyot o'tash uchun kelgan. “To'g'risini aytsam, Ronaldu dastxat beradi deb o'ylamagandim. Chunki Portugaliya o'z futbolchilariga muxlislarga dastxat berish va muloqot qilishini taqiqlagani haqida o'qigandim. Shunday bo'lsa-da, men futbolchilarni ko'rmoqchi edim va ular bilan birga rasmga tushmoqchi edim. Baxtimga Ronaldu muxlislarga yaqinlashishga qaror qildi. Mening yonimda pasportimdan boshqa hech narsa yo'q edi, shuning uchun ham pasportimning toza joyini ochib uzatdim, Ronaldu dastxat qo'yib berdi”, – deya aytib o'tadi Nikita Smirnov.
Davomi