“Qoyilmaqom hislarni tuymoqdaman. Birinchi bo'lim biz uchun qiyin o'tdi. Ammo keyin ajoyib o'ynadik. Bunday jamoalarga qarshi o'yinlarda shunday uslubda harakat qilish lozim. Yaxshi pressing qilish kerak. Agar “Barselona”ga o'ynashga bersang, butun o'yin davomida to'pni ortidan quvlashga to'g'ri keladi”, — deydi Zidan.
Malumot uchun, “Real” “Barselona”ga qarshi bahsdan so'ng ochkolari sonini 56 taga etkazib, La Liga peshqadamligini o'ziga qaytarib oldi.