"Real" vingeri Vinisius Junior La Liga 26-turi doirrasida "Barselona" (2:0) darvozasini ishg'ol qilganidan xabaringiz bor. Vinisius bu ishni 19 yosh-u 233 kunligida amalga oshirdi va joriy asr davomida Ispaniya chempionati doirasidagi "Al Mumtoz" bahslarida to'p kiritgan eng yosh futbolchi maqomini o'ziniki qilib oldi. Bunga qadar bu rekord "Barselona" forvardi Lionel Messiga tegishli edi. Argentinalik futbolchi 2007 yilning mart oyida, 19 yosh-u 259 kunligida "qirollik klubi" darvozasini ishg'ol qilgan edi.