«Real» hujumchisi Karim Benzema Ispaniya La ligasining 26-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi.
Bu uchrashuv 32 yoshli futbolchi uchun «Qirollik klubi» safidagi yubiley — 500-o'yin bo'ldi. Benzema «Real» tarkibida bunday marrani zabt etgan 14-o'yinchi bo'ldi. Ispaniyalik bo'lmagan faqat 3 futbolchiga bunday natijani qayd etish nasib etgan: Roberto Karlos, Marselo va Benzema.
Karim madridliklar safida jami 240ta gol urgan.