"Real" sardori Serxio Ramos bugun bo'lib o'tadigan Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan bo'ldi.
Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi nafaqat "el-klasiko"dagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchiga aylanmoqda, balki "Qirollik klubi" safiga o'tganidan beri "ko'k-anorranglilar"ga qarshi o'yinlarning birortasini o'tkazib yubormay kelmoqda.
Hozircha Ramos La liga doirasida 31ta «el-klasiko»da ishtirok etgan. Bu o'yinlarda u 4ta gol urgan bo'lsa, ikkita golga uzatma bergan. Bu bahslarning 7tasida futbolchi g'alaba qozongan bo'lsa, 7tasida durang o'ynagan. Qolgan 17ta o'yinda Serxio va "Real" mag'lub bo'lgan.