Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted"ga David De Xea transferi bo'yicha yangi taklif hozirlamoqda, deya xabar beradi Daily Mail.
"MYU" 26 yoshli darvozabonni o'z jamoasida saqlab qolmoqchi, agarda "qaymoqrang"lilar 60 mln yevro to'lashni xohlamasa. Golkiperning "qizil iblis"lar bilan amaldagi shartnomasi 2019-yilda yakuniga yetadi.
Ushbu mavsumda De Xea APLda 35 o'yinda 29 ta to'p o'tkazib yubordi.