ll Mattino nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Xose Kalexon iyul oyida jamoani tark etishi mumkin.
32 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi “Napoli” tarkibida kam maydonga tushmoqda, shu sababli, muhitni o'zgartirish niyatida yuribdi.
Qayd etilishicha, Kalexonga Xitoyning «Dalyan Ifan» klubi qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoa tarkibida Kalexoning “Napoli”dagi sobiq jamoadoshi Marek Gamshik to'p suradi.