"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida bo'ladigan "Real"ga qarshi o'yin arafasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men "el-klasiko"da jamoani boshqarayotganimdan mamnunman. Uchrashuvning muhimligini tushunib turibman va g'alaba qozonishni istayman. Men uchun bu debyut va o'zimni futbolchidek his qilyapman. Murabbiy uchun bu ajoyib imkoniyat. Xuddi afsonaviy stadionda Chempionlar ligasi madhiyasini tinglaganingdek. "Barsa"dagi har kunlik ishdan zavq olyapman", - dedi Seten "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
"Real" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yin 1 mart kuni tunda bo'lib o'tadi.