Madrid klubi va La Liga xitoylik futbolchilarni birdamlik va hurmat qilish maqsadida "El Klasiko"ga taklif qilishdi.
"Uxan Zall" Ispaniyada yig'in o'tkazdi, endi jamoa ortga, yani koronavirus o'chog'i hisoblangan Uxanga qayta olmaydi.
Xitoylik o'yinchilar La Liga ofisiga bugun tashrif buyurishadi. Yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da o'yinni tomosha qilishadi, keyingi kun esa "Real" direktori Emilio Butrageno "Uxan Zall" o'yinchilari uchun stadionda ekskursiya uyushtiradi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus sababli bo'layotgan eng ko'p o'lim holatlari aynan "Uxan Zall" klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Xubey provinciyasida sodir bo'lmoqda.