"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten va uning yordamchisi Eder Sarabiya Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan "Real" va "Manchester Siti" uchrashuviga tashrif buyurdi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" murabbiylar shtabi vakillari "el-klasiko" oldidan "Qirollik klubi" o'yinini bevosita kuzatishga qaror qilishgan.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Barselona" o'yini 1 mart, yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.