«Real» klubi rahbariyati Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida «Manchester Siti» bilan o'yinda Serxio Ramosning maydondan chetlatilishiga qarshi apellyatsiya bermoqchi.
33 yoshli futbolchi uchrashuvning 86-daqiqasida Gabriel Jezusga nisbatan ishlatgan qo'polligi tufayli to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga munosib ko'rildi. Madridliklar esa bu qoidabuzarlikni "qizil"ga mos emas, deb hisoblamoqda.
"Real" sardori endi 17 mart kuni bo'ladigan javob o'yinini o'tkazib yuboradi. "Qaymoqranglilar" esa Manchester shahrida o'tadigan javob o'yinida uning ishtirok etishini istashmoqda.