Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida dastlabki o'yinlar yakunlandi.
Ispan jamoalaridan faqat "Atletiko" g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. "Barselona" safarda "Napoli" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Real" va "Valensiya" klublari mag'lub bo'lishdi.
Nimchorak final bosqichi o'yinlari yakunlari bo'yicha bo'yicha UEFA turli statistik ma'lumotlarni e'lon qildi. Qiziq tomoni, Ispaniyaning ikki grandi — "Barselona" va "Real", shuningdek, "Pari Sen-Jermen" ushbu bosqichda eng kam yugurgan jamoa bo'lishdi.
EChL. Nimchorak final dastlabki o'yinda eng ko'p yugurgan jamoalar:
118.1 km – "Lion"
115.8 km – "Bavariya"
114.0 km – "Chelsi"
113.6 km – "Leyptsig"
113.2 km – "Atletiko"
113.2 km – "Atalanta"
112.9 km – "Manchester Siti"
112.6 km – "Yuventus"
111.7 km – "Napoli"
109.8 km – "Borussiya Dortmund"
109.5 km – "Valensiya"
107.8 km – "Tottenxem"
107.8 km – "Liverpul"
106.5 km – "Real Madrid"
104.9 km – PSJ
100.9 km – "Barselona"