Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tgan o'yinda «Manchester Siti» «Real»ni mag'lub etdi (2:1).
Shu tariqa, Xosep Gvardiola faoliyati davomida o'z jamoalari bilan 10-marta "Qirollik klubi"ni mag'lub etdi. Opta nashri tarqatgan xabarga ko'ra, bu XXI asrda murabbiylar o'rtasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Gvardiola bu ko'rsatkich bo'yicha Ernesto Valverde va Diego Simeoneni ortda qoldirdi. Ushbu murabbiylar «Real» ustidan 9 martadan g'alaba qozonishgan.
«Siti» va «Real» o'rtasidagi javob o'yini 17 mart kuni bo'lib o'tadi. Gvardiola ushbu natijada yanada yaxshilab olish imkoniyatiga ega.