«Real» himoyachisi Serxio Ramos Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrini bildirib o'tdi. 33 yoshli futbolchi Jezusga nisbatan ishlatgan qoidabuzarligi uchun maydondan chetlatildi.
«Kechagi og'ir o'yindan keyin 2ta variantni ko'ryapman: kechagi mag'lubiyat haqida o'ylash yoki keyingi g'alaba uchun intilish. Men ikkinchisini tanlayman. Qalban va ruhan "klasiko"damiz», – dedi Ramos.
«Real» – «Barselona» o'yini 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boshlanadi.