Jamoa bosh murabbiyiga murakkab vazifa.
Dani Sebalyos va Markos Llorente bir oyog'i bilan "Real Madrid" futbolchilari bo'lib turubdi. Bu orqali esa Zidan ixtiyorida dunyoning eng kuchli markaziy yarimhimoyachilari yig'ilib qoldi. Zizu uchun oson emas 8 ta markazda harakat qiladigan futbolchini tarkibdan joy topib berishi.
Kazemiro, Kroos va Modrich Zidan jamoasining o'zgartirib bo'lmas futbolchilari hisoblanadi. Ketma-ket CHLni yutishda ham bu trioning xissasi yuqori. Markos Llorente "Alaves"dagi ajoyib mavsumdan so'ng "Madrid"ga qaytmoqda va endi u Kazemiro bilan asosiy tarkib uchun talashadi. Dani Sebalyos esa dunyoning eng kuchli ikkita yarimhimoyachilari Kroos va Modrichdan o'rganadigan narsalari ko'p bo'ladi. Sebalyos hozirgi tarkibga 31 yoshli Luka Modrich o'rniga nomzod sifatida qaralmoqda.
Isko, "Oltin dubl"da eng asosiy figuralardan biri bo'lgan futbolchi va muxlislarning yoqimtoyi. Mateo Kovachich ham muntazam o'yin amaliyotiga loyiq futbolchi. Maydonga tushgan o'yinlarda deyarli bexato o'ynaydigan yosh futbolchi ushbu mavsumda amaliyotga ega bo'lishi qiyinlashishi turgan gap.
Va, nixoyat, Marko Asensio, barcha futbolchilarning o'rnida harakat qila oladigan va BBCning eng ishonchli o'rinbosarlaridan biri.
Xa Zidanga qiyin!