«Real» sardori Serxio Ramos Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida bo'lib o'tgan «Manchester Siti»ga qarshi dastlabki o'yinda (1:2) maydondan chetlatildi.
Ispaniyalik futbolchi uchun bu qizil kartochka EChL doirasidagi to'rtinchisi bo'ldi. Shu tariqa, Ramos musobaqaning bu boradagi antirekordchilari — «Yuventus» klubi sobiq yarim himoyachisi Edgar Davids va «Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning natijasini takrorladi.
"Qaymoqranglilar" himoyachisi Chempionlar ligasida 3ta o'yinda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan ilk futbolchiga aylandi.