«Real» yarim himoyachisi Vinisius Junior Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida bo'lib o'tgan «Manchester Siti»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
— Biz jismoniy jihatdan charchab qolmadik. Jezus gol urishdan oldin qoidani buzdi, buni barcha ko'rdi. Hakamlar hamisha bizga bir xil munosabatda bo'lishmoqda. «Levante»ga qarshi o'yinda Ramosga birinchi qoidabuzarlikdayoq sariq kartochka berildi — bu normal holat emas.
– Hakamlik yomon bo'ldi, demoqchimisiz?
– Ha. Axir biz barchadan ko'proq Evropa chempionlar ligasi va La ligada g'olib chiqqanmiz. Shuning uchun bizga qarshi shunday hakamlik qilishmoqda.
– Oldinda klasiko kutib turibdi.
– Bu mag'lubiyat bizga ta'sir ko'rsatmaydi. Biz ajoyib mavsumni o'tkazyapmiz va yakshanba kuni bo'ladigan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.