«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz 75 daqiqa davomida yaxshi o'ynadik. Mag'lubiyatdan xafamiz, ammo to'qnashuv 180 daqiqa davom etadi. Endi esa qandaydir ijobiy narsa izlab topishimiz kerak. Hisob borasida xursand bo'ladigan hech narsa yo'q. So'nggi daqiqalarni inobatga olmaganda biz yaxshi o'ynadik. Endi esa Manchesterda g'alaba qozonishimiz talab etiladi.
Mudofaada xatolar bo'ldi, ammo bu futbolning bir qismi. Biz maydonda borimizni berdik. Murakkab o'yinda bizga yana 10 daqiqa kontsentratsiya etishmadi. Buning uchun to'lov to'ladik», – dedi Zidan.