Madridning "Real" klubi AQSHda Los-Anjelos shtatida mavsumoldi tayyorgarliklarni davom ettirmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra "Real"ning 1-mashg'ulot kunidan so'ng, kechquron politsiya xodimlariga xabar kelgan va unda mashg'ulotlar qarorgohining dam olish joyida noma'lum salafan paket borligi aytilgan. Vaziyat aytilgan joyga politsiyachilar yetib kelgan va atrofni tintuv qilgan natijada hech narsa topilmagan.