"Biz g'alaba qozonishga harakat qildik va bunga erishdik. Maydonda yaxshiroq ko'ringanimizda gol o'tkazib yubordik. Aksincha, "Real" tashabbusni qo'lga olganidan keyin omad biz tomonga o'tdi. Bu futbol.
Men "Enfild"dagi chorak final o'yinini eslayman. O'shanda biz ajoyib o'yin namoyish qilgandik, ammo raqibning barcha aniq zarbalari golga aylangan edi.
Bugungi g'alabadan xursand bo'ldim. Ammo bu hali birinchi qadam. Hali hech narsa tugagani yo'q.
Hozir bu lahzalardan zavq olishimiz mumkin. Yakshanba kuni bizni Liga kubogining finali kutib turibdi. Biz Premer-ligada o'ynashda davom etamiz va "Real"ga qarshi javob o'yiniga tayyorgarlik ko'ramiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis.
ECHL. "Real" javob uchrashuvidan oldin tang ahvolda qoldi