“Dam olish kunlari meni “Real”da mashg'ulot o'tkazishga taklif qilishgani misoli Oyga parvozdek edi, u erga borishni juda ham xohlardim. O'yinlarimizni ko'rish uchun har xil skautlar kelib turishardi, men haqimda OAVda ham oz-moz yozishgan, ammo 13 yoshligimda ular oldida o'zimni qanday tutishim kerakligini bilmas edim.
Zidan bilan uchrashuvimizni esa hech qachon yodimdan chiqarmayman. Aeroportga etib kelganimizdan keyin, avtoturargohda bizni Zidan kutib oldi va bazaga olib borishni taklif etdi. Avtomobilga chiqqach, undan “oyoq kiyimimni echishim kerakmi?”, deb so'raganman. Nega bunday deganimni bilmayman, lekin bu Zidanning mashinasi edi, men esa orzuim ushaldi deb o'yladim”, – deydi Kilian Mbappe.