Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Gvardiola: “Bu biz uchun oxirgi bosqich emas”

Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola CHL 1/8 final dorasidagi “Real”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

“Klubning muammolari hali tugaganicha yo'q. Biz sudga shikoyat xatini jo'natganmiz. Lekin aniq echim nima bo'lishini bilmayman. Agar u qabul qilinmasa, javobni qabul qilishga majburmiz. Jamoaning har doimgi pozitiv va sovuqqon kayfiyatini saqlab qolganman. Birgina jamoamga ishona olmayman, bizga hozir muxlislarning daldasi muhimroq. Tabiiyki, biz musobaqaning “qirollari”ga qarshi maydonga tushamiz, buning ustiga Madridda. Har narsa bo'lishi mumkin. Lekin bu “Siti” uchun oxirgi bosqich degani emas. Axir oxirgi yo'lda ham qandaydir imkon bo'lgan. Yo'qotadigan deyarli hech narsamiz qolmadi.

Bu endigina birinchi o'yinligini esdan chiqarmaslik kerak. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Aksincha, men bu o'yinni anchadan beri kutayotgandim. CHunki APLda biz tayyorlangan va o'ylab qo'ygan o'yinimizni ko'rsata olmayapmiz. Bu esa ajoyib imkoniyat. Hech qachon yo'q joydan motivaciayani kutib turmaslik kerak, garchi u oxirgi o'yin bo'lsa-da. Barcha motivaciya futbolchilarning o'zida. David Silva aytganidek, birlash va mag'lub et”, - deydi shaharliklar ustozi. 

Eslatib o'tamiz, “Real” va “Manchester Siti” o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da start oladi.

BestMaster
26 Fevral 2020, 16:45
gvardiola, “bu, uchun, oxirgi, bosqich, emas”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads