«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (1:1) jarohat oldi. U o'yin so'ngida to'pig'ini qayirib oldi.
Ispaniyalik futbolchi uchrashuvdan so'ng "San-Paolo" stadionini tark etish chog'ida cho'loqlanmadi hamda o'zini yaxshi his qilayotganini va yakshanba kuni «Real»ga qarshi bo'ladigan o'yinda ishtirok eta olishini ta'kidlagan.