"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Futbolda eng asosiysi — natija. Jamoa deyarli o'zgarmadi. Biz "Levante"ga qarshi o'yinda (0:1) yaxshi harakat qildik, ammo gol ura olmadik. "Siti"ga qarshi o'yin esa bizga o'zimizni ko'rsatish uchun imkon beradi. Afsuslanishga vaqt yo'q. Natijalar albatta keladi. Biz e'tiborimizni 1-2ta o'yindagi omadsizlikka emas, balki yaxshi natijalarga erishayotganimizga qaratishimiz kerak.
Bu "Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi o'yin, Zidan va Gvardiola to'qnashuvi emas. Tomoshabinlar "Madrid" va "Siti" o'rtasidagi uchrashuvni ko'rishni istashadi. Bu qiziqarli o'yin bo'ladi.
Bu biz uchun o'ziga xos hafta bo'lishini tushunib turibmiz. Futbolchilar bunday o'yinlarda ishtirok etish ishtiyoqida yonishmoqda", — dedi Zidan UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.