«Bavariya»ga o'tgan Xames Rodriges dastlabki kundanoq jamoasiga foyda keltira boshladi.
12 iyul kuni «Bavariya» do'konida Xamesning ismi yozilgan futbolkalar savdoga chiqdi. Eurosport xabariga ko'ra, 75 evro narxga ega futbolkalar bir necha soat ichida sotilib ketgan.
Endi fanatlar futbolkalarning navbatdagi partiyasi etib keladigan 16 iyul kunini sabrsizlik bilan kutmoqda.