Ispaniya La liganing 26-turidan o'rin olgan «Real» va «Barselona» o'rtasidagi o'yinga hakam tayinlandi. 1 mart kuni o'tkaziladigan "el-klasiko"ni valensiyalik referi Antonio Migel Mateu Laos boshqarib boradigan bo'ldi.
Ushbu hakam Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 8-turida bo'lib o'tgan «Barselona» – «Sevilya» o'yinini (4:0) boshqarib, bahs so'ngida kataloniyaliklar hujumchisi Usmon Dembeleni maydondan chetlatgan edi.
La liganing 25-turidan so'ng «Barselona» 55 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, «Real» raqibdan 2 ochko ortda bormoqda.