Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning «Real» klubiga qarshi EChL doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu klub meni hayratda qoldiradi. «Real» tarkibida o'ynayotgan ko'plab futbolchilar bu turnirning finalida o'ynashni erishishgan va bosh sovrinni bir necha marotaba yutishga muvaffaq bo'lishgan. Bizning tarkibda esa bu turnirda Klaudio Bravo va yana kimlardir g'olib chiqqan bo'lishi mumkin. «Siti» tarkibida EChLda g'olib chiqqan futbolchilar yo'q. Lekin biz o'zimizni ushbu turnirda g'olib chiqa olishimizga ishontirishimiz kerak. Biz uni yo yutishimiz, yoki yutqazishimiz mumkin.
«Real» – bu biz ularga taqlid qilmoqchi bo'lgan klub, biz ulardan nusha olishni istaymiz va biz o'sha erda bo'lishimiz shart. Men u erga borib o'yindan keyin biz o'zimiz bilan o'zimiz edik deyishni xohlayman. Bu musobaqaning eng muhim narsasi», –Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.