Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa sardori Serxio Ramosning yangi shartnomasi borasida fikr bildirdi.
Ramosning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.
- Men Ramosni doim shu erda bo'lishini xohlaganman. U «Real» uchun muhim futbolchi. Men uni klubda baxtiyor ko'ryapman. Ishonamanki, u jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi, - Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Espana.