El klasiko dahshatli o'tadigan bo'ldi. Bu hujum bilan "Real"ga qiyindek, bu himoya bilan "Barsa"ga qiyindek... nazdimda..
Messi to'rt golsiz o'yinni to'rtta gol bilan buzdi. El klasikoda ham to'rtta o'yinni golsiz o'tkazibdi. Kimdir shu faktni unga aytib qo'ymasin-da:)
Zo'r tomoni, hozirda ikkisida ikki xil kayfiyat hukmronlik qilsa-da, 1 mart kungi bahsni o'ylaydigan ahvolda emaslar. Setenni Neapol safari, Zidanni Manchester tashrifi o'ylantirmoqda: "Qanaqa Klasiko? Keyin bosh qotiramiz..."
El klasikoga "Barselona" bir kun ziyodroq dam olgan holda boradi. EChL o'yiniga kamroq taraddud ko'radi, albatta.
Ikki engil o'tishi kutilgan, ammo og'ir o'yinlarga aylangan kechalardan so'ng "Real" chinakamiga ikki og'ir o'yinga mezbonlik qiladi. Ikkisida ham g'alaba uchun saflanishga majbur. Zidan o'ziga o'zi qildi.
Klasiko vakillarining kayfiyatini esa ko'proq kechagi o'yinlar emas, keyingi haftadagi EChL o'yinlarini belgilab berishi qiziq.
Turnir jadvalidagi holat ham oldingi mavsumlardagidek o'ta farqli emas. Anchadan beri bunaqa intrigali o'yin kuzatilmagandi.
Xullas, kutamiz va ikki murabbiy singari: "Qanaqa klasiko, avval Neapol va Madrid kechasini o'tkazib olaylik..." deymiz.