«Real» klubi Los-Anjelesdagi mavsumoldi tayyorgarligini sarguzashtsiz o'tkazmayapti.
Marca xabariga ko'ra, kimdir politsiyaga qo'ng'iroq qilib, klub qarorgohida bomba borligi haqida aytgan. Shundan so'ng politsiya va sapyorlar tashrif buyurib, hammayoqni ko'zdan kechirib chiqqan va bomba yo'qligiga ishonch hosil qilgan.
Ushbu qarorgoh Kaliforniya universitetiga tegishli bo'lib, unda talabalarning yotoqxonalari ham mavjuddir. Politsiya tomonidan o'tkazilgan tadbirda yotoqxonadagilar ham evakuatsiya qilingan.
Ayni paytda huquq tartibot idoralari yolg'on xabar bergan kimsani izlamoqda.