"Bu dahshat! Bir haftada 5 ochko yo'qotdik. Futbol mana shunday bo'laveradi.
Biroq ["Barselona" va "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlardan oldin] meni hech nima xavotirga solmayapti. Futbolda barchasi bo'lishi mumkin.
Ushbu mavsumda biz yorqinroq lahzalarni ko'proq o'tkazdik. SHu boisdan o'tgan 2 o'yin natijasiga qarab, taslim bo'lmoqchi emasmiz.
Ushbu tajribalar orqali oldinga katta kuch, xohish, ishtiyoq bilan intilish kerak. Omadsiz hafta barchada bo'ladi.
Azar to'pig'iga qattiq zarba qabul qilib oldi. Ertaga uni tibbiy ko'riklardan o'tkazamiz", - dedi Zidan.