Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyad Maxrez "Lester" klubi ustidan qozonilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uchrashuv juda qiyin o'tdi. Raqib 5 nafar himoyachi bilan chuqur himoyaga urg'u berdi va yaxshi himoyalandi. Biz ularni yorib o'tmoqchi bo'ldik, lekin bu qiyin bo'ldi. Avvaliga men o'zim gol kiritishni xohlagandim, lekin so'nggi pallada Gabini ko'rib qoldim. U offsayd holatiga kirmaslikka harakat qilayotgandi, shu sababli unga pas berdi.
Asosiysi biz yutdik. Amalga oshirilgan penaltidan jamoa ijobiy xulosa chiqardi. Bu "Real"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv uchun ajoyib tayyorgarlik bo'ldi, - futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.