Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Lester" (1:0) klubi ustidan APLning 27-turidan bo'lib o'tgan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ketma ket to'rtinchi marotaba penaltidan foydalana olmayapmiz. Ehtimol, 11 metrli jarima to'pini kerakli paytda amalga oshirarmiz. Raqib darvozaboni yaxshi o'ynadi, lekin kelasi safar albatta bu imkoniyatdan foydalanamiz.
"Real"ga qarshi uchrashuv? 12 kunlik dam olishdan keyin tayyorgarlik yaxshi o'tdi.Biz ikkita uchrashuv o'tkazdik va "Real"ga qarshi bo'ladigan uchrashuvga tayyormiz, - Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.