«Real» yarim himoyachisi Eden Azar Ispaniya La ligasining 25-turidan o'rin olgan «Levante»ga qrashi o'yinda (0:1) jarohat oldi.
Bahsning 67-daqiqasida zaxiraga olindi va maydonni tark etar ekan, oqsoqlanib maydondan chiqib ketdi. Zaxira o'rindig'ida belgiyalik futbolchining o'ng oyog'iga muz bog'lab qo'yildi. O'yindan keyin ham u stadionni cho'loqlangancha tark etdi.
«U to'pig'idan zarba qabul qildi, dastlabki hissiyotlar yomon. Azar ertaga chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng ma'lum bo'ladi», – dedi Zidan o'yindan keyin.
"Real"ni 26 fevral kuni Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Manchester Siti", 1 mart kuni esa La liga doirasida "Barselona"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi.
Avvalroq Azar jarohat tufayli 2,5 oy maydondan tashqarida qolib, safga qaytganiga 1 hafta bo'lgan edi.